Oltinsoy (soy)




Oltinsoy — Navoiy viloyatidagi soy. Oqtogʻning jan. yon bagridan boshlanadi. Uz. 44 km, havzasining maydoni 280 km². Yuqori oqimida Langarsoy nomi bilan janubi-sharqqa oqadi. Tarama qishlogʻidan quyi qismi O. deb ataladi. Chilosh qishlogʻi yaqinida Maydonsoy bilan birlashib, Kattasoyni hosil qiladi. Bosh qismida tor daradan oqadi. Oʻrta va quyi oqimlarida 4 ta koʻhna qayiri bor. O. qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,22 m³/sek. (Xonaqa qishlogʻi yaqinida), oqim moduli 2,1 l/sek.km². Suvi erta bahorda koʻpayadi. Aprelda suvining 20— 25%, avgustda 2—3% oqadi. Baʼzan soydan sel keladi. 1963-yil bahorida oʻtgan selning miqdori 600 m³/sek. boʻlgan. Umumiy uz. 130 km dan ortiq irmogʻi bor. O.dan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar va qishloklar suv oladi. Soy vodiysida Tarama, Oqtepa, Xonaqa, Oltinsoy kabi qishloklar joylashgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz