Oltinkoʻl (qilshloq)




Oltinkoʻl  — Andijon viloyati Ol-tinkoʻl tumanidagi shahar. Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 16 km janubi-gʻarbda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Andijon (23 km). Aholisi 48,2 ming kishi (2020), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, tatar, uygʻur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. O.shahrida tuman hokimiyati binosi, umumiy taʼlim, tayanch maktablari, maktab-internat, musiqa va sanʼat maktabi, kasb-hunar kollejlari, markaziy kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona, poliklinika, dorixona, 280 dan ortiq savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Manbalar






Олтинкўл:ХасанғХусан

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz