Oltin yugurtirish




Oltin yugurtirish - buyumlar sirtiga yupqa qatlamda (0,01 mkm dan bir necha mkm gacha) oltin qoplash. Buyumlarning korroziyaga chidamliligini, elektr oʻtkazuvchanligini, yaltiroqligini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida qilinadi. Oltin yugurtirishda galvanik, katodli purkash, yupqa zar qatlamini yopishtirish, kontakt-mexanik usullar (buyum sirtiga oltin kukunini sepib ishlov berish, olovda oltin amalgamasini qoplash va boshqalar) qoʻllanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz