Oltin toʻp orzular jamoasi




Oltin toʻp orzular jamoasi“  — bu barcha davrlarning eng yulduzli jamoasi boʻlib, Fransiyaning France Football jurnali tomonidan 2020-yil 14-dekabrda nashr qilingan. 2020-yil oktabr oyidan boshlab shu yilning 14-dekabrigacha muxlislar internetda ovoz berish orqali futbolning orzular jamoasini tanlashgan. Yakuniy jamoa France Football jurnalining dunyo boʻylab 140 nafar muxbiri tomonidan tanlab olingan. Ovoz berish natijalariga koʻra ikkinchi va uchinchi eng yaxshi jamoalar ham nashr etilgan.

Nomzodlar



Nomzodlar 2020-yil 5-oktabrdan 2020-yil 19-oktabrgacha eʼlon qilingan. G‘oliblar 2020-yil 14-dekabrda ovoz berish natijalariga koʻra aniqlangan va jamoa 3-4-3 futbol sxemasida tuzilgan. Braziliya (20 nafar sportchi bilan) eng ko‘p nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan mamlakat bo‘lib, Italiya (16), Germaniya (13), Gollandiya (12), Ispaniya (8), Angliya va Fransiyani (7) ortda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.

Darvozabonlar




Darvozabonlar uchun nomzodlar 2020-yil 5-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Lev Yashin birinchi jamoaga, Gianluigi Buffon va Manuel Neuerlar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga darvozabonlar sifatida tanlab olingan.

Oʻng qanot himoyachilari




O‘ng qanot himoyachilariga nomzodlar 2020-yil 5-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Cafu birinchi jamoaga, Carlos Alberto va Philipp Lahmlar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga oʻng qanot himoyachilari sifatida tanlab olingan.

Markaziy himoyachilar



Markaziy himoyachilarga nomzodlar 2020-yil 5-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Franz Beckenbauer birinchi jamoaga, Franco Baresi va Sergio Ramoslar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga markaziy himoyachilar sifatida tanlab olingan.

Chap qanot himoyachilari



Chap qanot himoyachilariga nomzodlar 2020-yil 5-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Paolo Maldini birinchi jamoaga, Roberto Carlos va Paul Breitnerlar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga chap qanot himoyachilari sifatida tanlab olingan.

Himoyaviy yarim himoyachilar



Himoyaviy yarim himoyachilarga nomzodlar 2020-yil 12-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Lothar Matthäus va Xavi birinchi jamoaga, Frank Rijkaard va Andrea Pirlo ikkinchi jamoaga, Didi va Johan Neeskenslar esa uchinchi jamoaga himoyaviy yarim himoyachilari sifatida tanlab olinishgan.

Hujumkor yarim himoyachilar



Hujumkor yarim himoyachilarga nomzodlar 2020-yil 12-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Diego Maradona va Pele birinchi jamoaga, Alfredo Di Stefano va Zinedine Zidan ikkinchi jamoaga, Michel Platini va Andres Iniestalar esa uchinchi jamoaga hujumkor yarim himoyachilari sifatida tanlab olinishgan.

Oʻng qanot hujumchilari



O‘ng qanot hujumchilari uchun nomzodlar 2020-yil 19-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Lionel Messi birinchi jamoaga, Garrincha va George Bestlar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga oʻng qanot hujumchilari sifatida tanlab olingan.

Markaziy hujumchilar



Markaziy hujumchilar uchun nomzodlar 2020-yil 19-oktabrda eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Ronaldo birinchi jamoaga, Johan Cruyff va Marko van Bastenlar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga markaziy hujumchilar sifatida tanlab olingan.

Chap qanot hujumchilari



2020-yil 19-oktabrda chap qanot hujumchilariga nomzodlar eʼlon qilingan. Ovoz berish natijalariga koʻra Cristiano Ronaldo birinchi jamoaga, Ronaldinho va Thierry Henrylar esa mos ravishda ikkinchi va uchinchi jamoalarga chap qanot hujumchilari sifatida tanlab olingan.

Tanlangan jamoalar



Birinchi jamoa




Ikkinchi jamoa




Uchinchi jamoa




Manbalar



.
.
.
.
.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz