Oltin malina
"Oltin malina" (inglizcha: Golden Raspberry), shuningdek,
"Razzi Awards" 1981-yilda amerikalik Jon Uilson tomonidan yaratilgan anti-mukofot boʻlib, yilning eng yomon aktyori, ssenariysi, rejissyori, film qoʻshigʻi va filmlariga beriladi. Ushbu mukofot "Oskar" mukofotiga qoʻshimcha sifatida qaraladi va anʼanaga koʻra, „Oltin malina“ nomzodlari va gʻolblari „Oskar“ mukofotiga nomzodlar va gʻoliblar eʼlon qilinishidan bir kun avval eʼlon qilinadi.
Razzie "Oltin malina" mukofoti (Golden Raspberry Award Foundation, GRAF) jamgʻarmasi aʼzolari tomonidan ovoz berish asosida beriladi. Jamgʻarma 12 mamlakatdan 500 dan ortiq anonim aʼzolarni oʻz ichiga olgan, ovoz berish esa pochta orqali amalga oshiriladi. Mukofotni qoʻlga kiritganlar uchun asosiy sovrin – bu tillarang boʻyoq bilan qoplangan plastik malina mevasidir. Har bir mukofot qiymati Kaliforniyaning 8% savdo soligʻini hisobga olgan holda 5 dollardan kam boʻladi.
Nomzodlar
Joriy nominatsiyalar
Taniqli laureatlar
Manbalar
uz.wikipedia.org