Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari




„Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ (ruscha: Золотой ключик, или Приключения Буратино) — rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy qalamiga mansub ertak. Karlo Kollodining „Pinokkioning sarguzashtlari: yogʻoch qoʻgʻirchoq ertagi“ kitobiga asoslanib yozilgan. Asar oʻzbek tilida 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.

Kitob ilk bor 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan. SSSRda 1986-yilgacha 182 marta chop etilgan. Umumiy adadi 15,5 million nusxadan oshib ketgan. Asar dunyoning 47 tiliga tarjima qilingan.

Syujet



Sharmankachi Karlo ota yogʻochdan uzun burunli qoʻgʻirchoq yasab, uni Buratino deb ataydi. Buratino qoʻgʻirchoq doʻstlari bilan koʻp sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ular qoʻgʻirchoq teatrining yovuz egasi Karabas-Barabasdan hamda ayyor tulki Alisa bilan mushuk Baziliodan qochadilar.

Qahramonlar




Oʻzbekcha tarjima



Asarni rus tilida oʻzbek tiliga S. Muhammadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Matchonov, X. Hayitmetov – muharrirlar, A. Kanevskiy – rassom, V. Apuxtin – muqova rassomi, J. Odilov – badiiy muharrir, T. Zolotilova, D. Gabdraxmanova – texnik muharrirlar, K. Sharipova, D. Abdullayeva – musahhihlar. Kitob adadi – 100 000 nusxa.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz