Oltin humo
„Oltin Humo“ — Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining har yili taqdim etiladigan mukofoti. 2018-yil 26-dekabrda milliy kinotaqdimot sifatida taʼsis etilib, ilk bor 2019-yil 10-aprelda boʻlib oʻtgan. U Oʻzbekistonda kinoijodkorlarni munosib ragʻbatlantirishni maqsad qilgan.
Nominatsiyalar
"Oltin Humo" — 2019
"Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti ilk bor 2019-yil 10-aprelda "Turkiston" sanʼat saroyida boʻlib oʻtgan. Marosimda 2017-2018-yillarda mamlakatda suratga olingan filmlar va kinoijodkorlar 17 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanganlar.
"Oltin Humo" — 2021
"Oltin Humo" kinotaqdimoti 2021-yilda keng qamrovda boʻlib oʻtdi. Taqdimot 2020-yil COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgani sababli ikki yil (2019-2020) davomida suratga olingan jami 53 ta, xususan 25 ta badiiy, 21 ta xujjatli va 7 ta animatsion filmlar saralash komissiyasiga topshirilgan.
„Oltin Humo“ kinotaqdimoti ikkinchi bor 2021-yilning 22-dekabrida „Kinochilar uyi“ da boʻlib oʻtdi. Bu galgi kinotaqdimot hakamlar hayʼati tarkibida quyidagi mutaxassislar boʻlgan:
Manbalar
uz.wikipedia.org