Olmurod Svitasi




Olmurod svitasi (Turkmanistondagi Olmurod togʻi nomidan) — Valanjin yarusiga mansub jinslar kompleksi. Rossiyalik tektonist olim N. P. Xeraskov ajratgan. Olmurod svitasi kizil giltosh, dolomit, mergel, ohaktosh, gips, kumtosh qatlamlaridan tarkib topgan. Qalinligi 60–160 m. Ohaktosh va dolomitlarda peletsipoda, amonit, dengiz tipratikani va boshqa dengiz hayvonlari qoldiqlari, giltoshlarda esa ostrakoda, foraminifera va boshqa qoldigʻi uchraydi. Olmurod svitasi Darvoz togʻlaridan Amudaryo etaklarigacha boʻlgan hududda tarqalgan. Oʻzbekiston hududining baʼzi joylaridagi Olmurod svitasida osh tuzi koni borligi aniklangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz