Olmoso't




Olmosoʻt (Ranunculus severtrovii) — ayiqtovondoshlarga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bitta, boʻyi 25—40 sm. Ildizi roʻvaksimon, yuqori qismi yoʻgʻonlashgan. Yopirma (toʻp) barglari bandli, poyadagi barglari bandsiz yoki qisqa bandli, ikki-uch karra boʻlingan. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni murakkab, kosabarglari va tojbarglari odatda beshtadan. Changchilari koʻp. Toʻpmevasi choʻziqyoki yumaloq-choʻziq. Mevachalari mayda, uz. 7— 7,5 mm, eni 5–6 mm. O. aprel—may, baʼzan iyunda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning koʻpgina mintaqalarida oʻsadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz