Olmonlar




Nemislar yoki Olmonlar (oʻzlarini doyche deb ataydilar) — xalq, Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 843 ming kishi, Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (asosan, lyuteranlar) va katoliklar.

Nemis xalqining etnik asosini milodiy 1-ming yillik oʻrtalarida Reyn va Oder daryolari oraligʻida yashagan qad. german qabilalari: franklar, sakslar, bavarlar, alemannlar, tyuringlar, tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari 10-asr ga kelib oʻzlarini — "tevtonlar" deb atay boshlaganlar. Nemislar 9-asrda elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (12—13-asrlar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871-yilda Prussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va iktisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. Nemislarning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz