Olmaning achchiq chirishi
Olmaning chirishi yoki
Olmaning achchiq chirishi — bu olma mevasining zamburugʻli kasalligi boʻlib, ushbu kasallik Colletotrichum acutatum va Colletotrichum gloeosporioides turlari komplekslaridagi bir nechta turlar tomonidan keltirib chiqariladi. Olma eti ichiga konussimon kirib borishi bilan hosil boʻlgan dumaloq jarohatlar bilan aniqlanadi, ular olmaning kasallangan markazi teng yarmidan kesilganda V shaklida koʻrinadi. Bu tropik hududlarda olma mevalariga keng miqyosda ziyon keltiruvchi kasalliklaridan biridir.
Umumiy nomlari
„Achchiq chirish“ atamasi 1800-yillarda Qoʻshma Shtatlar adabiyotlarida doimiy ravishda ushbu kasallik bilan bogʻlagan holda keltirilgan. 1950—1980-yillarda Buyuk Britaniya va Irlandiyada Neofabraea (yoki Gloeosporiumning eski sinonimi) turlaridan kelib chiqqan olma chirishining bunday xili uchun „achchiq chirish“ umumiy nomini ishlatadigan adabiyotlar mavjud boʻlgan, hozirgi kunda esa „lentikel chirish“ yoki „buqalar koʻz chirishi“ deb ataladi. Janubiy Koreya adabiyotida koʻpincha „olma antraknozi“ nomi ishlatiladi. Ayrim olimlar C. gloeosporioides va C. acutatum tur komplekslari keltirib chiqaradigan chirishlarni bir-biridan ajratib, ularni mos ravishda „Glomerel chirish“ va „achchiq chirish“ deb atashadi. Biroq „achchiq chirish“ yoki aniqroq holda „olmaning achchiq chirishi“ ingliz adabiyotida ishlatiladigan eng keng tarqalgan atamalardir.
Sabab turlari
Tarixiy nomlanishlari
Olmaning achchiq chirishiga olib keladigan zamburugʻlar birinchi marta 1856-yilda Buyuk Britaniyalik Mayl Berkli tomonidan Gloeosporium fructigenum sifatida tasvirlangan. Berta Stounman keyinchalik G. fructigenumni Pier Andrea Sakkardo sitrus mevasidan olingan Colletotrichum zamburugʻlariga oʻxshashligini kuzatgan. 1900-yillarning boshlarida Perli Spaulding va Hermann Von Shrenk Glomerella cingulata nomi ostida bir nechta farq qilib boʻlmaydigan zamburugʻlarni birlashtirdilar. Texnik jihatdan faqat teleomorfning nomi boʻlsa-da, amalda G. cingulata nomi achchiq chirishga sabab boʻladigan, koʻpayishi jinsiy va jinsiy boʻlmagan zamburugʻlar uchun ishlatilgan. Qoʻshma Shtatlarda achchiq chirishga olib keladigan zamburugʻlarni asosan jinssiz, shimoliy shaklga va tezroq oʻsadigan peritetsiya hosil qiluvchi (jinsiy yoʻl bilan koʻpayadigan) janubiy shaklga boʻlish mumkinligi qayd qilingan.
Achchiq chirishga sabab boʻlgan zamburugʻni tasvirlash (oʻrganish) uchun kamdan-kam qoʻllanilsa-da, anamorf (jinssiz shakl) odatda qaysi xoʻjayin oʻsimligidan ajratilganiga qarab farq qiladigan bir nechta turli nomlar bilan farqlanadi. 1957-yilda zamburugʻ turlarining yirik tartibsizligidan Jozef Adolf von Arx yagona sistematik birlik yaratdi va 600 dan ortiq zamburugʻ turlarini Colletotrichum gloeosporioides nomiga sinonimlashtirdi. Biroq, von Arx juda uzoqqa bordi va oʻn yildan kamroq vaqt oʻtgach, oʻtkir (uchli) boʻlgan konidiya (jinsiy sporlar) izolatlarini Colletotrichum acutatum deb nomladi. G. cingulata va C. gloeosporioides bir xil zamburugʻlarning teleomorf va anamorf (jinsiy va jinssiz) bosqichlari boʻlsa, C. acutatum anamorf bosqichi boʻlib, teleomorf deyarli kuzatilmagan.
G. singulata nomi keng tarqalgan boʻlsa-da, achchiq chirishga olib keladigan zamburugʻlar 2000-yillarning boshlariga qadar G. cingulata, C. gloeosporioides va C. acutatum nomlari bilan tasniflab kelingan.
Hozirgi nomlari
Molekulyar filogenetikaga asoslangan turlarni aniqlashning rivojlanishi bilan jinsiy bosqichni aniqlash muhim boʻlmay qoldi va Colletotrichum ning yagona jins nomi golomorf sifatida tanlandi. Molekulyar filogenetikadan foydalanib, C. gloeosporioides va C. acutatum turlarining barchasi bir necha oʻnlab yangi turlarga boʻlingan va ular ayni vaqtda tur komplekslari sifatida birlashtirilgan.
C. acutatum turlar majmuasida C. fioriniae, C. godetiae, C. nymphaeae, C. salicis, C. orientalis, C. cuscutae, C. acerbum, C. acutatum, C. melonis, C. rhombiforme, C. limetticola, C. paranaense va C. simmondsii turlari hozirgi vaqtgacha achchiq chirishga sababchi ekanligi aniqlangan. Yuqoridagi turlardan C. fioriniae, C. godetiae va C. nymphaeae turlari achchiq chirish bilan bogʻliq boʻlgan, eng keng tarqalgan turlar hisoblanadi.
C. gloeosporioides turlar majmuasida C. fructicola, C. chrysophilum, C. siamense, C. noveboracense, C. tropicale, C. alienum, C. theobromicola ( sin. C. fragariae), C. aenigma, C. kahawae, C. gloeosporioides va C. henanense achchiq chirishga sababchi ekanligi aniqlangan. Yuqoridagilarning C. fructicola, C. chrysophilum, C. siamense va C. noveboracense turlari achchiq chirish bilan bogʻliq boʻlgan, keng tarqalgan turlar hisoblanadi.
Xususiyatlari
Ikki tur majmuasidan C. gloeosporioides tur majmuasi C. acutatum tur majmuasiga qaraganda yuqori optimal oʻsish haroratiga va tez oʻsishga moyil. C. gloeosporioides tur majmuasi keltirib chiqaradigan chirishlarlarda meva yuzasi silliq, C. acutatum turlar majmuasi keltirib chiqaradigan chirishlar konsentrik halqalarga ega boʻlib, losos rangidagi konidiya massasini hosil qiladi. Ikki turdagi komplekslar ichida alohida turlar bogʻdorchilik jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi hozirda maʼlum emas. Ikkala tur kompleksi ham gemibiotroflardir va bu turlarning koʻpchiligining asosiy ekologik nishasi endofit hisoblanadi.
Kasallik sikli
Achchiq chirishga olib keladigan Colletotrichum turlari zararlangan mevali mumiyalarda, kurtaklarda, novdalar va novdalar kovaklarida qishlaydi. Nam sharoitda kuzda tuproq yuzasiga tushadigan kasallangan olma keyingi yil zararlashning (kasallik tarqalishi) muhim manbai boʻlolmaydi, chunki Colletotrichum odatda turli parchalovchi zamburugʻlar tomonidan oʻzlashtiriladi. Harorat 10°C dan 32°C gacha boʻlgan barglar namligi davrida sporlar yil davomida tarqaladi. Olma mevasi vegetatsiya vaqtida, spora mavjud boʻlganda va harorat va namlik vaqti infeksiya uchun eng qulay boʻlgan vaqtda infeksiyalanishi mumkin. Gemibiotroflarga xos boʻlgan shaklda, achchiq chirish infeksiyasi chirishga olib kelguniga qadar oʻzini namoyon qiladi, koʻpincha meva pishguniga qadar namoyon boʻlmasligi bilan nekrotrofiyaga (zamburugʻli) chirishga nisbatan chidamsiz boʻladi va chuqur botgan achchiq chirish jarohatlarini hosil qiladi. Yozda kasallangan mevalar koʻpincha yigʻim-terimga yaqin yoki undan keyin hech qanday chirish alomatlarini qilmaydi, yaʼni yozda yuqqan kasallik oʻzini namoyon qilish koeffitsienti past boʻladi.
Boshqaruv
Madaniy nazorat
Olmaning achchiq chirishi kasalligi oldini olish, yaxshi bogʻdorchilik amaliyotlaridan boshlanadi, ular achchiq chirishga kamroq moyil boʻlgan daraxtlarni ekish, kasallangan mevalarni, oʻlik novdalar va Antraknozlarni uyqu davrida olib tashlash, sogʻligʻi va kuchini saqlash uchun mukammal parvarishlash amaliyotlarini oʻz ichiga oladi. Daraxtni qurishi va mevaning nam boʻlishini oldini olish uchun daraxtni havo oqimi bilan taʼminlash, daraxtga shakl berish va kesish amaliyotlarini qoʻllash kerak.
Fungitsidlar
Yaxshi bogʻdorchilik amaliyotlari bilan birga issiq va nam sharoitda, sezgir navlarda achchiq chirishga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun fungitsidlarni muntazam ravishda qoʻllash kerak. Agar roʻyxatdan oʻtgan har qanday fungitsidlar yaxshi davolovchi faollikka ega boʻlsa, infeksiya paydo boʻlishidan oldin qoʻllanilishi kerak. Achchiq chirishga qarshi kurashda eng samarali fungitsidlar qatoriga koʻp tarmoqli fungitsid — captan, osmotik signal uzatishni parchalovchi — fludioxonil, oksidlovchi fosforillanishni ajratuvchi — fluazinam, QOI inhibitors pyraclostrobin va trifloksistrobin hamda SDHI ingibitori kiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org