Olmaliq




Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951–yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974–yilda 92,3 ming; 1959–yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954–yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963–yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.

Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Kovul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmoqda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chiqarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Olmaliq filiali,«Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, 23ta umumiy o'rta taʼlim maktablari, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.
Olmaliqda "Ramazoni Sharif" masjidi faoliyat yuritadi.Yana bir masjidning esa qurilish ishlari davom etyapti. Ushbu masjid "Hilol" masjidi.

Hokimlari




Manbalar






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Olmaliq — O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatida joylashgan shahar. U sanoat markazi sifatida keng rivojlangan bo‘lib, ayniqsa kon sanoati va metallurgiya sohalari bilan mashhurdir.

Tarixi: Olmaliq shahri 1940-yillarda asos solingan. Shahar nomi o‘zbek tilida "olma bog‘i" degan ma’noni anglatadi, chunki hududda avval ko‘p olma daraxtlari bo‘lgan.

Geografiya: Olmaliq Toshkentdan janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, tog‘lar orasida joylashgani sababli tabiiy manzaralari chiroyli. Shaharning atrofida qumtepa va tog‘lar bor. Iqlimi kontinental bo‘lib, yozda issiq, qishda esa sovuq bo‘ladi.

Iqtisodiyoti: Olmaliqning eng muhim iqtisodiyoti sanoatga asoslangan. Shaharda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyat yuritadi, bu fabrikada ko‘plab rangli metallar, jumladan, mis, rux, oltingugurt va boshqa minerallar qazib olinadi va qayta ishlanadi. Bu fabrika mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi va ko‘plab odamlarni ish bilan ta’minlaydi.

Madaniyat va ta’lim: Shaharda bir nechta maktablar, madaniyat markazlari va kutubxonalar mavjud. Shuningdek, Olmaliqda sport inshootlari ham mavjud bo‘lib, yoshlar sport bilan shug‘ullanish imkoniga ega.

Transport: Olmaliq shahri temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali Toshkent va boshqa shaharlar bilan bog‘langan. Shahar infratuzilmasi rivojlangan va aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun turli xizmat turlari mavjud.

Muhim shaxslar: Olmaliqdan ko‘plab mashhur shaxslar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida muvaffaqiyat qozongan kishilar chiqdi.

Umuman olganda, Olmaliq O‘zbekistonning muhim sanoat markazi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi va tarixiy hamda madaniy jihatdan qiziqarli shahar hisoblanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz