Olloberganov Rahmon Olloberganovich




Rahmon Olloberganovich Olloberganov (1910.1.1 - Xiva - 1986.15.11) — bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930—40), Urganch musiqa maktabi oʻqituvchisi (1940—42) va direktori (1944—62 va 1964-yildan). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). O. "Adolat" (I. Akramov), "Maʼrifat qurbonlari" (E. Rahim), "Oshiq Gʻarib" (Yu. Yusupov; A. Otajonov bilan hamkorlikda) va boshqa pyesalarga, bir qancha inssenirovkalarga musiqa yozgan. "Yoshligim", "Bir kelib keting qishlogʻimizga" va boshqa qoʻshiklari ommaviylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz