Ollebrod




Ollebrod (Daniya tilida: Øllebrød, Daniyachadan: „el“/"pivo" va „non“) — anʼanaviy Daniya taomidir. Bu quyuq javdar noni va quyuq yoki oq pivodan tayyorlangan boʻtqa.

Ollebrod asketizmni tan olgan rohiblar tomonidan ixtiro qilingan. Ular issiq pivoga maydalangan eskirgan javdar nonini solib va bu taomni kun davomida isteʼmol qilishlari mumkin edi. Vaqt oʻtishi bilan Ollebrod shirin boʻla boshladi va asosan nonushta uchun isteʼmol qilinadigan boʻldi. Zamonaviy Daniya retseptlari har xil turdagi non va pivodan foydalanishga imkon beradi. Bugungi kunda u odatda sut, sariyogʻ, koʻpirtirilgan qaymoq, maydalangan tuxum sarigʻi, dolchin, vanil, apelsin yoki limon sedrasi bilan tayyorlanadi. Non pivoga boʻktiriladi, keyin quyuqlashguncha biroz qaynatiladi va qolgan ingredientlar qoʻshiladi. Ollebrod tayyorlash uchun eriydigan kukun aralashmalari sotiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz