O‘lkashunoslik muzeylari




Oʻlkashunoslik muzeylari — ilmiy tekshirish va madaniymaʼrifiy muassasa. Maʼlum geografik yoki maʼmuriy hududning tarixiy yodgorliklari, tabiiy ilmiy va badiiy toʻplamlari, xalq sanʼati asarlarini yigʻadi, saqlaydi, ilmiy oʻrganadi, koʻrgazmalar uyushtiradi va targʻib qiladi. Muzeylarning keng tarqalgan turi boʻlgan Oʻlkashunoslik muzeylari kompleks yoʻnalishga ega: unda, asosan, tabiat, tarix, baʼzilarida shuningdek sanʼat, adabiyot va etnografiya, ayrimlarida qishloq xoʻjaligi, iqtisod, sport kabi boʻlimlar ham boʻladi. Oʻlkashunoslik muzeylari katalog, yoʻl koʻrsatkichlar va boshqalarni nashr qiladi.

20-asr boshida Oʻrta Osiyoda 4 ta Oʻlkashunoslik muzeylari boʻlgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida Oʻlkashunoslik muzeylari (jumladan, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar) bor va ular oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz