Oʻljas Sulaymonov
Tanigli qozoq adibi Oʻljas Sulaymonov 1936- yilning
18- mayida Qozogʻiston Respublikasining Olmaota
shahrida tugʻildi. Otasi Umar harbiy xizmatchi edi. Oʻljas
oʻrischa maktabda oʻrta maʼlumot oldi. Soʻng Qozogiston
davlat universitetining geologiya fakultetini bitirdi. Badiiy
ijodga katta muhabbat qoʻygan 0. Sulaymonov 1961-
yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomli Jahon adabiyoti
institutida ham tahsil oldi.
0. Sulaymonov badiiy ijodning turli jabhalarida
mehnat qildi. 1962-1971- yillarda „.Qozoqfilm“ studiyasida bosh muharrir, „Prostor“ jurnali boʻlim mudiri, 1972- yildan boshlab Qozogʻiston Respublikasi
Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimida
ishladi, Qozogʻistonning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bulardan tashqari turli-tuman rasmiy
hamda jamoatchilik vazifalarini bajarib keldi.
Oʻljas Sulaymonov oʻris tilida ijod qiladi. Lekin qozoq
xalqiga XOS milliy xususiyatlarni, urf-odatlarni, uning
hayotidagi shonli va ogʻriqli nuqtalarni yaxshi biladi. Shu
bois uning asarlari qozoq xalqining milliy ruhini teran
ifodalashi bilan diqgatga sazovordir. Shoirning birinchi
asari – ,"Argʻumoqlar" 1961- yilda dunyo yuzini koʻrdi.
Shundan keyin uning .Quyoshli tunlar, ""Ajoyib
tun, „Sharofatli vaqtlar“, ,"Maymun yili", ,"Loy Kitob, „Olovning koʻchishi“, „,Yumaloq yulduz“ va „Az
i Ya“ kabi oʻnlab sheʼriy, nasriy, ilmiy kitoblari chop
etildi.
0. Sulaynmonovning badiy asarlarida qozoqlarning
oʻziga xos turmush tarzi, oʻy-fikrlari, his-tuygʻulari aks
ettirilsa, ilmiy asarlarida turkiy xalqlarning dunyo
madaniyati taraqqiyotidagi ulkan oʻrni taríxiy dalillar
asosida yorqin koʻsatib berilgan. Oʻ. Sulaymonov „Az í
Ya asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar
yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng
qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asosladi.
0. Sulaymonov ,,Qoyilmisan insonga, zamin“ deb
ataluvchi dostoni bilan dunyoga mashhur boʻldi. Inson
imkoniyatlari va irodasiga bitilgan madhiya boʻlgan
mazkur asarda koinotni zabt etgan va jahon taqdirida
yangí bosqichni boshlab bergan inson haqidagi musho
hadalar gʻoyat taʼsirchan ifodalanadi. Shoir sheʼriya
tidagi qahramonlar -gʻururli, oʻz qadrini biladigan,
vaqtda, oʻzganing ham gadriga yetadigan shaxslardir.
Ular feʼli keng, tanti, falsafiy mushohadalarga moyil,
chapani va joʻmard kishilar sifatida yorqin boʻyoqlar,
kuchli sheʼriy timsollar vositasida jozibador tasvirlangan.
Ularda qozoq xalqining, turkiy qavmlarning tarixiy
oʻtmishi taʼsirli lavhalarda oʻz aksini topgan.
Manba
Adabiyot 8-sinf darsligi kitobidan
uz.wikipedia.org