Oliy ta’lim a’lochisi
„Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan oliy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
„Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.
Tavsifi
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org