Olivier Bonnes




Olivier Xarouna Bonnes (1990-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Nigeriyalik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. „Nontaburi Yunayted“ jamoasida toʻp surdi.

Futbolchilik faoliyati



Olivier Nigerning poytaxti Niameyda tugʻilgan. Bonnes faoliyatini Fransiyaning „Nant B“ jamoasida 2006-yilda boshlagan va keyinchalik asosiy jamoa safida ham maydongga tushgan. Keyinchalik Fransiyaning boshqa bir jamoasi „Lill“ klubining „Lill B“ farm jamoasiga oʻtdi. 2012-yilda Belgiyaning „Bryussel“ klubi safiga oʻtdi.

2014-yil 24-sentyabrda Bonnes Bolgariyaning „Vereya“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U Bolgariyaning „Lokomotiv Plovdiv“ va „Montana“ klublarida ham toʻp surgan.

2016-yilning 25-iyulida Bonnes Janubiy Koreyaning „Gvanju FC“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning iyul oyida Bonnes Janubiy Koreyaning Seongnam FC klubi bilan shartnoma imzoladi.

2019-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning „Qoʻqon 1912“ klubiga oʻtdi. Bonnesning otasi vafot etganligi sababli mart oyida Qoʻqon jamoasi tarkibi tark etdi. 2020-yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning K3 ligasida toʻp suruvchi, Xvason shahrining „Hwaseong FC“ klubi safiga oʻtdi. 2021-yilgi mavsumda Tailandning T3 ligasida toʻp suruvchi „Nonthaburi United S.Boonmeerit F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoa



Bonnes 2011-yilda Niger terma jamoasi safida debyut qilgan, 2011-2012-yillarda ular bilan jami 9 ta o‘yinda maydonga tushgan, jumladan, FIFA Jahon chempionati saralash o‘yinida bir marta maydonga tushgan. U 2012-yilgi Afrika Millatlar Kubogida oʻynagan.

Shaxsiy hayot



Olivier fransuz fuqaroligiga ega.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz