Olivia Nuzzi




Olivia Nuzzi  — Nyu-York jurnalining Vashingtondagi vakili boʻlib xizmat qiladigan siyosiy muxbir.

Shaxsiy hayoti



Olivia Nuzzi 1993-yil 6-yanvarda Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Kelli va Jon Nuzzilar edi. Otasi 20 yil mobaynida Nyu-York shahar sanitariya departamentida ishlagan. 2015-yilning dekabrida Jon Nuzzi vafot etadi. Uning oʻlimidan keyin Olivia Nuzzi u haqida The Daily Beast nashrida yozgan. Onasi Kelli Nuzzi 2021-yil fevral oyida vafot etdi. Uning oʻlimidan soʻng, Olivia u haqida New York Magazine jurnalida yozdi. Uning Jonatan ismli akasi bor.

Nuzzi Nyu-Jersining Middletown Township qismidagi River Plaza atrofida voyaga yetgan. U hozir Vashingtonda istiqomat qiladi

Faoliyati



Maktab va dastlabki ish faoliyati



Nuzzi Janubiy Middletown yuqori maktabida oʻqigan. U oʻzining yozuvchilik faoliyatini 2011-yilda oʻsmirlik chogʻida Nyu-Jersi shtatidagi Asburi Parkda joylashgan triCityNews gazetasida siyosiy sharhlovchi sifatida boshlagan. U shuningdek, siyosiy jihatdan konservativ blog va yangiliklar veb-sayti boʻlgan More Monmouth Musings nashrida ham faoliyat olib borgan.

Kollej va Vayner merligi kampaniyasi



U 2013-yilda Fordham universitetida tahsil olayotgan 20 yoshli talaba qiz edi. Shu yili u Entoni Vaynerning Nyu-York merligi kampaniyasida stajyor sifatida toʻrt hafta ishladi. Kampaniyadagi qisqa muddat davomida u NSFWcorp tomonidan xodim yozuvchi sifatida ishga qabul qilindi va 2013-yil 28-iyuldagi blog postida Vayner kampaniyasida stajyor sifatida oʻz tajribasini tasvirlab berdi Unda u Vayner oʻzini va boshqa bir stajyor ayolni „Monika“ deb ataganini va ismi oshkor etilmagan manba unga Vayner oʻzining kampaniya boshqaruvchisiga yolgʻon gapirgani, natijada u ishdan boʻshaganini va u kampaniyadan qochib ketgan bir qator xodimlardan biri boʻlganini aytdi.

The New York Daily News gazetasi unga 2013-yil 30-iyulda birinchi sahifada chop etilgan kampaniya haqidagi keyingi maqola yozishni topshirdi. Nuzzi soʻzlariga koʻra, uning baʼzi stajyor hamkasblari kampaniyada ishlaganligining sababi ular Vaynerning rafiqasi Huma Abedin va Abedin orqali uning xoʻjayini Xillari Klinton bilan uchrashib, Klintonning prezidentlik uchun kutilayotgan saylovoldi kompaniyasida ishtirok etishga umid qilishgan boʻlishadi.

Oʻsha kuni eʼlon qilingan Talking Points Memo nashriga bergan intervyusida Vayner kompaniyasining Kommunikatsiyalar boʻyicha rahbari Barbara Morgan, Nuzzi maʼlumotni oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagani va buzganligi, Morgan esa uni ishdan boʻshatishga harakat qilgani, lekin Olivianing iltimosiga koʻra unga ikkinchi imkoniyat berganini aytadi.. Keyinchalik Morgan ayblovlari uchun Olivia Nuzzidan kechirim soʻradi, Nuzzi esa uzrni qabul qildi.

Prezidentlik kampaniyalari va Tramp maʼmuriyati



Nuzzi 2014-yilning may oyida Fordham universitetida oʻqiyotganida The Daily Beast onlayn nashri tomonidan ishga olingan. Nuzzi ishga kirish uchun oʻqishini tugatmasdanoq universitetni tark etdi. The Daily Beast saytida Nuzzi Rend Pol va Kris Kristining prezidentlik kampaniyalarini, shuningdek, Donald Trampning siyosiy yuksalishini yoritib bordi.

2016-yil noyabr oyida Politico nashri Nuzzini prezidentlik saylovlarining „16 Breakout Media yulduzlari“ dan biri deb yozdi. 2016-yil dekabr oyida Mediaite veb-sayti Nuzzini 2016-yilda ommaviy axborot vositalarida „eng nufuzli“ 25 kishidan biri sifatida qayd etdi. 2018-yilda Forbes nashri Nuzzini yillik „30 Under 30“ roʻyxatiga kiritdi.

2017-yil fevral oyida Nuzzi Nyu-York jurnalining Vashingtondagi muxbiri sifatida ish boshladi. U Politico jurnali, GQ, Esquire, va The Washington Post nashrlari uchun ham maqolalar yozgan.

2018-yil boshida Nuzzi prezident Trampning saylovoldi kampaniyasining sobiq menejeri Kori Levandovskining uy ofisiga ruxsatsiz kirib, suratga olganini tan oldi, Levandovski esa uni oʻzining fotoalbomini ham olganlikda aybladi. Nuzzi eshik oldida unga hech kim javob bermaganligi sababli uyga kirganini, doʻsti bilan shu toʻgʻrisida telefonda xabarlashgach, u Oliviaga bu qonuniy emasligini va u ketishi kerakligini maslahat berganinigach uydan chiqib ketganini aytadi.

2018-yil oktabr oyida Prezident Trampning shaxsan oʻzi Nuzzini eksklyuziv intervyu uchun Oq Uyga taklif qildi.

Manbalar:




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz