Olivia Cooke




Olivia Kate Cooke (talaffuzi: Olivia Keyt Kuk) — 1993-yil 27-dekabrda Angliyada tugʻilgan. U A&E telekanalidagi „Bates Motel“ (2013—2017) teleserialidagi Emma Dekodi roli bilan mashhur. Shuningdek, „Golem“ (2016) va „Ready player One“ (2018) filmlaridagi rollari bilan ham tanilgan.

Biografiyasi



Olivia Cooke 1993-yil 27-dekabrda Angliyaning Oldxem shahrida tugʻilgan. Uning Eleanor ismli singlisi bor. Kichkinaligida ota-onasi ajrashganidan soʻng, u singlisi bilan birga onasi bilan qolgan. Yoshligidanoq u balet va gimnastikani oʻrgangan.

„Bates Motel“ (2013—2017) teleserialini suratga olishda ishtirok etishdan oldin aktrisa Britaniyaning „Unplugged“ serialida bosh roldan birini oʻynagan. Undan keyin qoʻrqinchli filmlarda ham oʻzini sinab korgan. Jumladan: „Experiment: Evil“ (2014), „Weegee: Satanʼs Council“ (2014) va „Golem“ (2016).

2018-yilning 29-martida rejissyor Stiven Spilberg tomonidan yaratilgan „Ready Player One“ (2018) ilmiy-fantastik sarguzasht filmida rol ijro etdi. Ushbu film Ernest Klaynning shu nomdagi romaniga moslashtirilgan edi. Unda asosiy rollardan birini Olivia Cooke ijro etgan. 2012-yil „The Quiet Ones“ filmida rol ijro etdi. Olivia Cookening Brenton Tueyts va Lorens Fishbern ishtirokidagi ikkinchi badiiy filmi „ The Signal“ 2014-yilda „Sundance“ kinofestivalida ochilgan.

Shaxsiy hayoti



Aktrisa New Yorkda yashaydi. 2014-yilda Olivia Cooke „Bulgari“ uchun reklamada qatnashish orqali „Save the Children“ kampaniyasini qoʻllab-quvvatladi.

Ilgari aktyor Alex Row bilan uchrashgan. 2015-yildan beri u aktyor Christopher Abbott bilan uchrashmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz