Oliver Rowland




Oliver Rowland (1992-yil 10-avgustda tugʻilgan) — britaniyalik poygachi. Hozirda u Mahindra Racing jamoasi uchun Formula E musobaqalarda qatnashmoqda. U avvalroq 2018 WEC mavsumida Manor Motorsport jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Shuningdek, 2018-yilgi Formula 1 mavsumida Williams F1 Teamning yosh haydovchisi boʻlgan.

Faoliyati



Karting



Barnslida tugʻilgan Rowland yetti yoshida karting bilan shugʻullana boshlagan va Buyuk Britaniya boʻylab turli klasslarda oʻn yil davomida poygalarda ishtirok etgan. 2002-yilda Super 1 National Cadet Championshipda ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Rowland keyingi ikki yil davomida ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2005-yilda Rowland JICA klassi seriyasiga o‘tdi va yana Will Stevensdan ikki ochko ortda qolib, chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Rowland 2006-yilda ham chempion Jack Harvedan bir ochko ortda qolib, unvondan mahrum boʻlgan. Shuningdek, Monako Kart kubogida Zip Kart jamoasida ishtirk etib, Millennium Motorsport vakili Scott Jenkinsdan keyin ikkinchi bo‘ldi. Shuningdek, u klass boʻyicha Yevropa chempionatida 20-oʻrinni egalladi. Oldingi ikkita farqli ravishda 2007-yilda eng yaqin raqibini 30 ochko ortda qolgan holda Super 1 JICA unvonini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, Joyner Britaniya ochiq chempionatida qatnashdi, u yerda Rowland uchinchi oʻrinni egalladi. Qitʼa poygalarida biri Monako poygasida 25-oʻrinni, Yevropa chempionatida esa 37-oʻrinni egalldi. Rowland 2008-yilda KF2 musobaqasiga oʻtdi va Toni Kart Racing Team aʼzosi boʻldi. Rowland CIK-FIA Jahon kubogi musobaqasida gʻolib chiqdi, shuningdek, WSK xalqaro seriyasida uchinchi va Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. U, shuningdek, KF1 Osiyo-Tinch okeani poygalarida ishtirok etdi va ushbu musobaqada oʻn birinchi oʻrinni egalladi.

Rowland kartingni tark etgach Formula Renaultga oʻtdi va 2010-yilgi Formula Renault UK qishki seriyasida CRS Racing jamoasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, uning oʻqishni bitirishi uchun Racing Steps jamoasi homiylik qildi. U Snettertondagi birinchi avtopoygada ikki marta oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi.

Natijalar



Eurocup Formula Renault 2.0




24 Hours Le Mans




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz