Oliver! (film)
Oliver! – 1838 yilda chop etilgan Charles Dickensning "Oliver Twist" romani asosida va 1960-yildagi Lionel Bartning xuddi shu nomdagi sahna asari asosida 1968-yilda sur’atga olingan Britaniya tarixiy musiqiy drama filmi.
Carol Reed filmda rejissyorlik qiladi va u "Vernon Harris", "Food, Glorious Food", "Consider Yourself", "As Long as He Needs Me", "I’d Do Anything", "You’ve Got to Pick a Pocket or Two", "Where Is Love?" kabi musiqiy asarlarni oʻz ichiga oladi.
Filmda Ron Moody, Oliver Reed, Harry Secombe, Shani Wallis, Jack Wild, Mark Lesterlar bosh rollarni ijro etga. U Surreydagi Shepperton Film Studiosida Romulus va John Woolf spektali asosida sur’atga olingan va Columbia Pictures kompaniyasi tomonidan butun dunyoga chiqarilgan.
41-Oskar mukofotida 1968-yilgi „Oliver!“ oʻn bitta Akademiya mukofotiga nomzod boʻldi va oltita, jumladan, eng yaxshi film, Carol Reed eng yaxshi rejissyor va Onna White faxrli xoreograf mokofotini qoʻlga kiritdi. 26-Oltin Globus marosimida film ikkita Oltin globusni qoʻlga kiritdi.
Britaniya Film Institute „Oliver!“ni 20-asrning 77-buyuk Britaniya filmi reytingiga kiritdi! 2017-yilda Time Out jurnali uchun 150 nafar aktyor, rejissyor, yozuvchi, prodyuser va tanqidchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra film tarixdagi eng yaxshi Britaniya filmlari reytingida 69-oʻrinni egalladi.
Rollarda
Teatr kassasi
Film AQSh va Kanada prokatlarida 10,5 million dollar va butun dunyo boʻylab 77,5 million dollar ishladi. Buyuk Britaniyada film Londondagi Leicester Square teatrida 90 hafta davomida qoʻyilib, 2 million dollarga yaqin daromad keltirgan. Oʻsha paytda uni butun mamlakat boʻylab 5 million kishi koʻrgan.
Nominatsiyalar
Oliver!, Columbia Picturesning boshqa eng yaxshi film nominatsiyasi „Funny Girl“ bilan birgalikda jami 19 ta Oskar mukofotini qoʻlga kiritdi, bu esa bir yilda bir studiyadan eng koʻp musqiy nominatsiyasi boʻldi.
Oliver! Eng yaxshi film uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritgan soʻnggi G-reytingli film boʻldi.
uz.wikipedia.org