Oliver Abildgaard




Oliver Abildgaard Nielsen (talaffuzi: Oliver Abilgor Nilsen; 1996-yil 10-iyunda Daniyada tugʻilgan) — Daniyalik futbolchi, „Celtic“ futbol klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Oliver Abildgaard „Aalborg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2015-yil 20-iyulda Daniya Superligasida „Esbjerg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Birinchi oʻyinida Oliver Abildgaard avvaliga penalti muallifiga aylangan, keyin esa hisobni tenglashtirgan. 2020-yilning 3-fevralida Oliver Abildgaard sotib olish opsiyasi bilan 2020-yilning iyunigacha ijara asosida Rossiyaning „Rubin“ futbol klubiga o‘tgan. 1-mart kuni „Tambov“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, „Rubin“ futbol klubi sotib olish opsiyasi qoʻllagan va Oliver Abildgaard bilan 2024-yil iyun oyigacha toʻliq shartnoma imzolagan. 2021-yilning 21-noyabr kuni „Sochi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Oliver Abildgaard „Rubin“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2022-yil 2-sentabrda „Rubin“ futbol klubi Oliver Abildgaardni 2023-yilning yoziga qadar „Seltik“ futbol klubiga ijaraga bergan.

Xalqaro faoliyati



2019-yilda Oliver Abildgaard Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Oliver Abildgaard Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2020-yilning noyabr oyida Oliver Abildgaard birinchi marta Daniya terma jamoasiga chaqirilgan. Oliver Abildgaard 2020-yilning 11-noyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) Tomas Delanining o‘rniga maydonga tushgan va 70-daqiqada sariq kartochka olgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz