Olita Rause




 

Olita Rause (1962-yil 21-noyabrda Sovet Ittifoqida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM, 1993) va xalqaro usta (IM, 1995) unvonlariga ega. Shuningdek, u ICCF korrespondens grossmeyster unvoniga ega (GM, 1998).

Shaxmatdagi faoliyati



Rause ayollar oʻrtasidagi Latviya shaxmat chempionatida uch marta kumush medalni qoʻlga kiritgan, jumladan, 1981-yil (Astra Goldmane turnirida gʻalaba qozondi), 1984-yil (Anda Shafranska turnirda gʻalaba qozondi) va 1994-yil (Anda Shafranska bilan qoʻshimcha oʻyinda magʻlub boʻlganidan keyin — 1½: 2½ kumush medalini qoʻlga kiritdi). 1986-yilda Rause Minskda shaxmat boʻyicha Sovet Ittifoqi shaxmatchi ayollarining jamoaviy chempionatida Latviya nufuzi himoyasi uchun ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi.

Rause Shaxmat Olimpiadalarida Latviya sharafi uchun dona surgan:

Rause dunyodagi eng kuchli korrispondens shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. U ICCF Oltinchi Jahon kubogi turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Olita Rause 1993-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini qoʻlga kiritdi. Oradan 2 yil oʻtib esa xalqaro usta (IM) unvoniga ham erishdi. Olita Rause 1998-yil ICCF da korrespondens grossmeyster (GM) sifatida etirof etildi.

Shaxsiy hayoti



Rause Latviya Milliy universitetinining filologiya fakultetida oʻqigan va magistr darajasiga ega. 2001-yil dekabridan 2017-yil fevraliga qadar Rigadagi Janis Roze Publishers nashriyotida bosh muharrir lavozimida faoliyat olib borgan. Olita Rause Igors Rause bilan turmush qurgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz