Olimpiya stadioni (Rim)




Olimpiya stadioni (ital. Stadio Olimpico) — Rim shahrida joylashgan futbol stadioni. «Italiya forumi» sport majmuasining tarkibiga kiradi. Italiya Milliy Olimpiya qo'mitasiga tegishli. Oʻyingoh Rimning ikkita futbol klubining uy arenasi hisoblanadi: Roma va Lazio.

Asosiy maʼlumotlar



1968- va 1980-yilgi Yevropa chempionatlari final oʻyinlari (2020-yilgi Yevropa chempionatininh guruh bosqichida 3 ta oʻyin va pley-offda 1 ta oʻyin boʻlib oʻtdi), shuningdek, 1990-yilgi Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan.

Stadion 4 marta (1977, 1984, 1996, 2009) Yevropa kubogi/UEFA Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan.

Rim Olimpiya stadionidan ko'ra Yevropa asosiy turnirining finaliga Londonning Uembli stadioni koʻproq mezbonlik qilgan - 7 marta (1963, 1968, 1971, 1978, 1992, 2011, 2013).

Olimpiya stadioni faqat sport turlariga moslanganiga qaramay, musiqiy konsertlar ham boʻlib turadi. Xususan, 1998-yil 6-iyunda Claudio Baglionining konserti bo'lib o'tadi, bu konsert hanuzgacha Olimpikoda jami 100 000 dan ortiq tomoshabin yigʻilgani munosabati bilan rekord oʻrnatgan, bunda yordam bergan omil sahna stadionning markazida joylashgani va tomoshabinlar sahna atrofiga oʻrnatilgan o'rindiqlarda oʻtirgani bilan izohlanadi.

Tribunalar




Stadionning hozirgi sig'imi 72.698 bo'lib, quyidagicha taqsimlangan:

Oʻtkazilgan musobaqalar




Mashhur xalqaro futbol musobaqalari



Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1968



Stadion Euro-1968 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda uchta o'yin o'tkazilgan.

Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980



Stadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.

Futbol boʻyicha Jahon chempionati 1990



Stadion 1990-yilgi Jahon chempionati o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda oltita o'yin o'tkazilgan.

Futbol boʻyicha Yevropa chempionati 1980



Stadion Euro-1980 o'yinlari o'tkaziladigan joylardan biriga aylanib, unda toʻrtta o'yin o'tkazilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz