Olimpiya




Olimpiya — Elida (Peloponnesning shim.-gʻarbiy qismi)dagi yunonlar shahri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis oʻrmonzori). O. atro-fida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilgan in-shootlar (stadion va boshqalar) joylashgan. O.da Fidiy ustaxonasi joylashgan. O. maʼmuriy majmuasi miloddan avvalgi 7— 4-asrlarda shakllangan. Milodiy 426 yil Rim imperatori Feodosii II buyrugʻiga koʻra oʻt qoʻyilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada oʻyinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pe-lops sajdagohi, ibodatxonalar haro-balari, jumladan, Gera, Zevs, Xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va boshqa topilgan O. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz