Olimpik (futbol klubi)
FK Olympic — hozirda Toshkentda joylashgan Oʻzbekiston futbol klubi Oʻzbekiston Superligasida oʻynaydi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi asosi sifatida tashkil topgan futbol jamoasi.
Tarixi
„Olimpik“ 2021-yilda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan va jamoa 2024-yilgi Parij-2024 Olimpiadasi uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Jamoa 2021-yilda ilk bor Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etdi va dastlabki mavsumdayoq uchinchi oʻrinni egalladi. Klub oʻzining professional futboldagi birinchi gʻalabasini 2021-yilda qoʻlga kiritdi. 28-mart kuni oʻz maydonida „Oqtepa“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan edi. Oʻzbekiston Superligasi uchun oʻtish uchrashuvida 2021-yil 2-dekabr kuni Superligada o‘n ikkinchi oʻrinni olgan „Mashʼal Muborak“ klubiga qarshi o‘ynadi. O‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va Oʻzbekiston Superligasiga yo‘l oldi. Oʻzining ilk mavsumida Oʻzbekiston Kubogi chorak finaligacha yetib bordi va „Paxtakor“ klubiga 0-1 hisobida magʻlub boʻldi. 2022-yilda Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasida ishtirok etdi.
Mahhalliy musoboqalar natijalari
Stadion
Klub uy oʻyinlarini Toshkentdagi „JAR“ stadionida oʻtkazadi. Stadion 8500 kishiga moʻljallangan.
Yutuqlar
Mahalliy
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
2023-yil 3-mart holatiga[14]
Murabbiylar
Olimpik jamoasi tashkil etilganidan buyon Temur Kapadze jamoaga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. 2021-yilgi mavsum soʻngida jamoa Kapadze qoʻl ostida Pro ligadan Super ligaga yoʻl oldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org