Olimp Tog‘i




Olimp togʻi — Gretsiyadagi eng baland togʻ massivi. Egey dengizining Termaikos koʻltigʻi sohilida. Eng baland joyi 2917.727 m. Ohaktosh va slanetslardan tuzilgan. Tik yon bagʻirlarida dara koʻp. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bor. Choʻqqilarida qishda qor boʻladi. Milliy bogʻ tashkil etilgan. Yunon afsonalarida Olimp togʻi muqaddas togʻ, xudolar makoni hisoblangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz