Olimjonboy madrasasi




Olimjonboy madrasasi Chor xaros guzarida joylashgan bo‘lib, 17 hujrali bo‘lgan.

Tarixi



Loydan qurilgan bir qavatli kichik madrasa. Amir Nasrullaxon davrida bino qilingan. Abdurauf Fitrat uni o‘rta toifaga mansub deb taʼkidlaydi. Yillik vaqfi 20 ming tangani tashkil etgan. Biroq XIX asr boshlarida ham bu yerda mufti dars o‘tgani hisobga olinganda, uni to‘rtinchi darajali oliy toifa madrasalar qatoriga qo‘shish to‘g‘riroqdir. Madrasa sohibi nomi bir vaqf hujjatida mulla Olimjon ibn Muhammad Sodiq shaklida keltirilgan. U Xutfar tumanidagi Halvogaron mavzesida 6 hovli, Mirzo Haydar ko‘chasidagi bitta karvonsaroy kabi yana bir qancha narsalarni vaqf qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz