Olimjon Toʻychiyev




Olimjon Alijonovich Toʻychiyev  — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori.

Biografiyasi



1991-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

Maʼlumoti



2010—2015-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriatura talabasi. 2016—2018-yillarda shu universitet magistraturasi talabasi. 2016—2017-yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universiteti talabasi.

Mehnat faoliyati



2014-2014 — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorat ish yurituvchisi.

2014-2014 — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnopark boʻlimi texnigi

2014-2014 — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti foydalanish texnik boʻlimi komendanti

2014-2016 — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnopark boʻlimi muhandisi

2017-2017 — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnopark boʻlimi yangi loyihalar boʻyicha muhandisi.

2017-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari.

2018-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshligʻi.

2019-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari.

2019-yildan — Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisolashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori.

2021-2023 — Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori

2023-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori.

Mukofotlari



2013-yilda ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, oʻzbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratgani uchun „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz