Olimjon Sarimsoqov




Olimjon Sharipjonovich Sarimsoqov (1963-yil 16-oktyabr, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Olimjon Sarimsoqov 1963-yil 16-oktyabr Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olgan. 1986—1988-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali kichik ilmiy xodimi, 1988—1991-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti aspiranti, 1992—1993-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti assistenti, 1993—1995-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti ilmiy kengash kotibi, 1995—1996-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti Marketing va buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti, 1996—1999-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisod fakulteti dekani o‘rinbosari, 1999—2000-yillarda Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, 2000—2006-yillarda Uchqo‘rg‘on iqtisodiyot kolleji direktori, 2006—2009-yillarda Namangan viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi o‘quv tarbiya jarayonlariga ilmiy-metodik rahbarlik qilish bo‘limi boshlig‘i, kadrlar tayyorlash va ularning mehnatidan foydalanish monitoringini olib borish bo‘limi guruh rahbari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, 2009—2012-yillarda Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2012—2017-yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, katta ilmiy xodim-izlanuvchisi vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Namangan muhandislik-texnologiya instituti Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri, professori. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi..

Ilmiy faoliyati



2017-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy va 12 ta o‘quv-uslubiy ishlar, 3 ta monografiya muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz