Olim Sharafiddinov




Olim Sharafiddinov (taxallusi Ayn) (1903, Toshkent — 1943, Belarus SSR) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi (1943), Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi (1941—43; urushda halok boʻlgan). Eski maktabda arab, fors tillarini, mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Toshkentdagi Erlar bilim yurtida oʻqigan (191820), Boku oliy ped. intinitugatgan (1925). Turk olami tarixi, falsafasi, adabiyotini, shuningdek, xorijiy va antik adabiyotni chuqur oʻzlashtirgan. Bokudan qaytgach, Erlar bilim yurtida, xotinqizlar ped. bilim yurtida, Taʼlimtarbiya texnikumida, yozgi oʻqituvchilar tayyorlash kurslarida (1925 — 30) adabiyotdan dare bergan. Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (1930—32), Toshkentdagi madaniy qurilish (1932—33), Til va adabiyot (1937) intlarida, Navoiy yubileyini oʻtkazish qoʻmitasida (1938—41) ilmiy xodim, sektor mudiri, Oʻrta Osiyo untida (1933 — 35), Toshkent ped. intida (1935—38) dotsent, kafedra mudiri. shahrining adabiy tanqid sohasidagi, xususan, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy ijodlariga bagʻishlangan dastlabki maqolalari 20-asrning 20y.larida eʼlon qilingan. U, shuningdek, Hamza, S.Ayniy, Uygʻun, A.Lohutiy va boshqa ijodi haqida ham bir qancha maqolalar yozgan, oʻrta maktablarning 5, 6, 7, 9sinflari uchun adabiyotdan darelik, xrestomatiya va dasturlar tuzgan. Uning 7sinf uchun yozgan "Adabiyot. 19—20ayerlar" darsligi bir necha bor nashr etilgan. Sh. ilmiy ijodining asosini Alisher Navoiy ijodining turli qirralariga bagʻishlangan oʻnlab maqolalari va "Alisher Navoiyning hayoti va ijodi" (1939, 1967, 1971, 1978) monografiyasi tashkil etadi. Sh. ning mazkur kitobi kariyb 25 yil davomida Navoiy ijodi haqidagi eng ishonchli manba hisoblanib keldi. Unda Sh. Navoiy dostonlarining Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy asarlaridan farkli, yorqin jihatlarini aniklab, Navoiyning daho sanʼatkor ekanligiga boʻlgan ishonchni oʻquvchiga singdira olgan.

Manbalar




Abdugʻafur Rasulov.

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Olim Sharafiddinov haqida aniq va keng ma'lumot olish uchun, uning faoliyat sohasi va shaxsiyati haqida batafsilroq ma'lumot kerak bo‘ladi, chunki "Olim Sharafiddinov" nomi ko‘p odamlar tomonidan ishlatilishi mumkin va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bo‘lishi mumkin.

Agar sizda Olim Sharafiddinovning qaysi sohada faoliyat yuritishi, u haqida qaysi turdagi ma'lumot kerakligi (ilmiy, madaniy, sport, siyosat va boshqalar) haqida qo‘shimcha ma'lumot bo‘lsa, iltimos, ayting. Shunda men aniqroq va to‘liqroq ma'lumot taqdim eta olaman.

Siz istagan mavzuda batafsil va uzunroq ma'lumot berish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ma'lumot berishim mumkin:

Qo‘shimcha maʼlumot bera olsangiz, men sizga yanada to‘liq javob tayyorlayman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz