Olim Navkarov




Olim Navkarov (tugʻ. 1983-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi. 2010—2011-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 11 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.

Hayoti



Olim Navkarov 30-mart 1983-yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

Faoliyati



Olim Navkarov faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. 2007-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Keyin Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida uch mavsum toʻp surgan, 2010-yilda u „Qizilqum“da ijara asosida oʻynagan. Keyin „Andijon“, Samarqandning „Dinamo“si, yana Toshkentning „Lokomotiv“, „Olmaliq“, yana „Qizilqum“da oʻynadi. 2015-yilda Olim „NBU-Osiyo“ klubida Birinchi ligada ishtirok etgan. 2016-yilda ham Birinchi liga jamoalari: „Oqtepa“ va „Nurafshon“da oʻynagan.

2010-yildan Olim Navkarov Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlandi. Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Shuningdek, 2011-yil yanvar oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi. Olim Navkarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 11ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz