Olim Davlatov




Olim Davlatov  — (1973, Surxondaryo) adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos. U 1973-yil Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo tumanida tugʻilgan.

Faoliyati



Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1998). Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet) aspiranturasi (1999—2002)ni tamomlagan. Alisher Navoiyning 4 jildli „Xazoyin ul-maoniy“ kulliyoti (2011), Hofiz Sheroziyning „Devon“i (2012)ni lugʻat va izohlar bilan nashrga tayyorlagan. Navoiyning „Nasoyim ul-muhabbat“ tazkirasini hozirgi oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqlashtirib, nashr ettirgan (2015).

Tarjimalari



Xomanaiyning „Alloma Sadriddin Sheroziy“ (2006), Murtazo Mutahhariyning „Hofiz va irfon“ (2008), Lui Massinʼonning „Mansur Halloj“ (2011) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Asarlari



„Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar, atamalar“ lugʻati (2002), „Falsafa: qomusiy lugʻat“ (2004), „Gʻarb falsafasi“ (2004, barchasi hammualliflikda), „Ibn al-Arabiy va uning vahdat ul-vujud falsafasi“ (2007) kitobining muallifi. 2 jildli „Alisher Navoiy qomusiy lugʻati“ mualliflaridan biri.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz