Olim Alixonov




Olim (Olim, Olimxon) Alixonov (1933-yil Fargʻona viloyati) — Sovet ittifoqning siyosat, iqtisod va davlat arbobi boʻlgan.

Biografiya



1933-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi boʻlgan.

Alixonov 1951-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol qatnasha boshlagan. 1951—1990-yillarda Toshloq tumani Qumariq qishloq Sovetiga qarashli Sverdlov nomidagi kolxozida agronom, Fargʻona viloyatida partiya xodimi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kirov tumani qoʻmitasining birinchi kotibi, keyinchalik esa partiyaning birinchi kotibi vazifalarida ishladi. Oʻzbekiston Kompartiyasi Quva tuman qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat komiteti kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oxunboboyev tumani komitetining birinchi kotibi sifatida faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Sovetining 8 va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Hayot yillari Oʻzbekistonda oʻtgan.

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz