Oʻlikxona




Oʻlikxona , morg (frans.) — murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va koʻmish uchun beriladigan maxsus bino. Oʻ., asosan, sud tibbiyoti ekspertizasi qoshida boʻladi, kasalxonalar, ilmiy tadqiqot intlari va boshqalarda murda patologik anatomiya boʻlimlarida saqlanadi. Oʻ.ga baxtsiz hodisa tufayli oʻlgan, qasddan oʻldirilgan yoki shunga gumon qilingan murdalar; davo muassasalarida diagnoz qoʻyilmay oʻlganlar; toʻsatdan oʻlib, oʻlim sababi aniqlanmaganlar, shuningdek, nomaʼlum kishilarning murdasi keltiriladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz