Oligomenorreya




Oligomenoreya hayz koʻrish oraliqlarining uzoq boʻlishi, kamdan-kam keluvchi menstrual sikl bilan ifodalanadi. Aniqroq aytganda, bu menstrual siklning 35 kundan ortiq vaqt oraligʻida, yiliga atigi toʻrtdan toʻqqiztagacha sodir boʻlishi. Menstrual sikllar bu kamdan kam hayz koʻrish rivojlanishidan oldin muntazam ravishda oʻrnatilishi kerak boʻladi. Oligomenoreyada menstrual sikllar oraligʻidagi muddat turlicha boʻlishi mumkin.

Sabablari



Oligomenoreya prolaktinomalar (gipofiz oldingi boʻlak adenomalari) natijasi boʻlishi mumkin. Bunga tirotoksikoz, menopauza davridagi gormonal oʻzgarishlar, Prader-Villi sindromi va Graves kasalligi sabab boʻlishi mumkin.

Yugurish yoki suzish kabi chidamlilik mashqlari ayol sportchilarning reproduktiv fiziologiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Ayol yuguruvchilar, suzuvchilar va balet raqqosalari ham oʻz yoshdagi sportchi boʻlmagan ayollarga nisbatan kamdan-kam hayz koʻradilar yoki amenoreyani koʻrsatadilar. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ozgʻinlik yoki maʼlum bir vaznga eʼtibor qaratadigan sport turlari bilan shugʻullanadigan sportchilarda, bularga kamroq eʼtibor qaratadigan sport bilan shugʻullanadigan sportchilarga qaraganda, hayz koʻrish disfunksiyasining koʻproq uchrashini koʻrsatadi.

Koʻkrak suti bilan boqishda ayz davrining tartibsizligi ovulyatsiyani kechiktiradigan gormonlar taʼsiri bilan bogʻliq.

Polikistik tuxumdon sindromi boʻlgan odamlarda ham oligomenoreya boʻlishi mumkin. Polikistik tuxumdon sindromi- bu tuxumdonlar tomonidan ortiqcha androgenlar (erkak jinsiy gormonlar) ajralib chiqadigan holat. Bu sindrom bilan ogʻrigan odamlarda oligomenoreya va amenoreyadan tortib, juda ogʻir, tartibsiz davrlargacha boʻlgan hayz davrining buzilishi kuzatiladi. BU holat premenopauzal ayollarning taxminan 6%ida kuzatiladi.

Ovqatlanish buzilishlari ham oligomenoreyaga olib kelishi mumkin. Hayz koʻrishning buzilishi anoreksiya nervoza bilan eng kuchli bogʻliq boʻlsa-da, bulimiya nervoza ham oligomenoreya yoki amenoreyaga olib kelishi mumkin. Anoreksiya boʻlgan bemorlarda hayz koʻrishning buzilishi mexanizmi haqida baʼzi kelishmovchiliklar mavjud, chunki baʼzi anoreksiklarda amenoreya sezilarli darajada vazn yoʻqotishdan oldin yuzaga kelishi mumkin.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz