Oli abo
Oli abo – besh kishi: Muhammad paygʻambar (s.a.v.), Ali ibn Abu Tolib, Bibi Fotima – Paygʻambarimizning qizlari hamda Imom Hasan va Imom Husayn – Paygʻambarimizning nevaralari nazarda tutiladi. Jomiyning “Shavohid un-nubuvva” asarida berilishicha, Oli abo Abbos ibn Abdumuttalib va uning oilasi aʼzolariga nisbatan ham qoʻllanilgan.
Boʻlmagʻay erdi muyassar “Xamsa”,
yaʼni panj ganj,
Qilmasa erdi madad holimgʻa
besh oli abo.
(“Navodir ush-shabob”, 7-gʻazal)
Manbalar
uz.wikipedia.org