Olga Yujnaya




Olga Valeryevna Yujnaya (1979-yil 26-aprel, Krasnogorsk, Toshkent viloyati) – rossiyalik basketbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Rossiya terma jamoasi tarkibida 2003-yilda Yevropa chempioni, 2005-yilda Yevropa chempionati kumush medali sohibi.

Biografiyasi



Olga 7 yoshidan ota-onasining koʻmagi va tavsiyasi bilan basketbol bilan shugʻullanishni boshlagan. U VBM-SSAU jamoasi tarkibida 2002/2003-yilgi mavsumda mamlakat vitse-chempioniga aylangan. Oʻshanda Olganing jamoasi faqatgina UMMC jamoasiga yutqazgan edi. Oradan bir yil oʻtgach, u Rossiya chempionati, Rossiya kubogi va Jahon ligasida gʻolib chiqqan. 2005-yilning yozida UMMC jamoasiga koʻchib oʻtgan. Olga u yerda bir mavsum oʻynagan va oʻzining sobiq klubi VBM-SSAUga yutqazib, vitse-chempion boʻlgan bo'lsada, jamoasi bilan Yevroligada gʻolib boʻlgan. 2006-yilda u Moskvaning Dinamo klubiga oʻtgan, ammo bironta ham sovrin yuta olmagan. 2008-yilda esa Spartakda oʻynash uchun Sankt-Peterburgga joʻnab ketgan.

Olga Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 2003-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan, uchta oʻyinda atigi 6 daqiqagina maydonda harakat qilgan va Belgiyaga qarshi oʻyinda bir marta toʻpni savatchaga tushirgan. 2005-yilgi Yevropa chempionatida esa 8 oʻyinda 29 ochko toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan Olga 10 ta ribaund, 3 ta toʻp oʻtkazib yuborish va 6 ta golli uzatmani qayd etgan.

Yutuqlari



Klublarda




Terma jamoada




Shaxsiy hayoti



Olganing akasi professional futbolchi, otasi va onasi esa murabbiy boʻlgan. 2005-yil 3-iyun sanasida Olga VBM-SSAU klubi prezidenti Andrey Ishchukning sobiq qoʻriqchisi Aleksey Firsovga turmushga chiqqan. Olganing eng sevimli filmi „Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi“ hisoblanadi. U oʻzbek, ukrain va rus taomlarini sevib isteʼmol qiladi. Ingliz, rus, sloven, fransuz va oʻzbek tillarida soʻzlasha oladi. „Bratya Grim“ va „Gosti iz budushego“ guruhlarini sevib tinglaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz