Olga Suxareva




Olga Aleksandrovna Suxareva (1903—1983) — etnograf olima, tarix fanlari doktori.

Olga Suxareva 1903-yil 15-fevralda Samarqand shahrida tugʻilgan. U tomonidan Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixiy topografiyasi, toponimiyasi oʻrganildi. 1921-yilda Olga Suxareva Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Turkiston Sharqshunoslik institutiga oʻqishga kiradi va 1925-yilda bitiradi. 1940-yil 15-fevralida Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetining etnografiya boʻlimida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O. A. Suxareva 1946-yilgacha Samarqanddagi Oʻzbekiston Davlat universiteti Tarix fakultetida ishladi. U Oʻrta Osiyo xalqlari etnografiyasidan maʼruzalar qildi.

1946-yilda O. A. Suxareva Toshkentga keldi va OʻzSSR FA Tarix va arxeologiya institutida 1967-yilgacha ishladi.
1967-yilda O. A. Suxarevaga Moskvaga keladi va 1968-yilda unga SSSR FA Etnografiya institutida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri lavozimi beriladi.

O. A. Suxareva 1983-yilning 22-yanvarida Moskva shahrida vafot etdi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz