Olga Skoroxodova




Olga Ivanovna Skoroxodova (25-may 1911-yil Belozyerka, Xerson viloyati, Rossiya imperiyasi — 7-may 1982-yil, Moskva, SSSR) — sovet defektologi, oʻqituvchi, yozuvchi, pedagogika fanlari nomzodi. SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan dunyodagi yagona koʻrish va eshitish tizimida nuqsoni boʻlgan tadqiqotchi. Koʻrish va eshitish qobilyati zaif boʻlsa-da, oʻzi kabi nuqsoni boʻlgan bolalarni rivojlantirish, ularga bilim berish muammosiga bagʻishlangan bir qator ilmiy ishlar ustida ishlagan.

Tarjimai holi



Skoroxodovaning aniq tugʻilgan yili va sanasi haqida manbalarda aniq bir toʻxtamga kelinmagan. Olimaning qabr toshida uning tugʻilgan yili 1912-yilning iyuni koʻrsatilgan. Skoroxodovaning oʻzi bergan maʼlumotlarga asoslangan umrbod tarjimai hollarida tugʻilgan sanasi 1914-yil 24-iyul boʻlib kelgan. Tadqiqotchining vafotidan keyin topilgan cherkov kitobidan olingan parchalarga koʻra, u 1911-yilda tugʻilgan. Uning otasi kambagʻal dehqon boʻlib, 1915-yilda urushga safarbar qilingan va frontdan qaytmagan. Onasi esa ruhoniy qoʻlida xizmatkor boʻlib ishlashga majbur boʻlgan.

Olya besh yoshida meningit tufayli koʻrish qobiliyatini butunlay yoʻqotgan. Shu tarzda, asta-sekin eshitish qobiliyatini yoʻqota boshlagan. Taxminan, 11-13 yosh oraligʻida oʻng qulogʻi faqat baland ovozlarni eshita olardi. Biroq, u 14 yoshida butunlay kar boʻlib qoldi. U 1922-yilda, onasi vafotidan soʻng, Odessadagi koʻzi ojizlar maktabiga yuborildi. 1925-yilda qulogʻi ogʻir, koʻzi koʻrmas va deyarli soqov Olya Xarkovdagi professor Ivan Sokolyanskiy tomonidan asos solingan koʻrish va eshitish tizimida nuqsoni bor bolalar maktab-klinikasida tamomlagan. Uning nazorati ostida qizning ogʻzaki nutqi tiklanadi. Shu bilan birga boʻlajak olima professor Sokolyanskiydan oʻzini oʻzi kuzatish boʻyicha qoʻllanmalarni olishni boshlaydi.

1947-yilda uning „Kak ya vosprinimayu okrujaushchi mir“ kitobi nashr etildi. Ushbu kitob defektologiya sohasiga katta qiziqish uygʻotilishiga sabab boʻlgan. Ushbu adabiy asar K. D. Ushinskiy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1954-yilda kitob ikkinchi qism bilan toʻldirilib, „Kak ya vosprinimayu i predstavlyayu okrujayushchiy mir“, 1972-yilda „Kak ya vosprinimayu, predstavlyayu va ponimayu okrujayushchiy mir“ sarlavhasi ostida nashr etildi.

Skoroxodova 1948-yilda SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining defektologiya ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim (keyinchalik katta ilmiy xodim) sifatida ish boshlagan. Olga Ivanovna ushbu dargohda umrining oxirigacha mehnat qiladi. U 1982-yilning 7-may sanasida 70 yoshida vafot etgan.
Kitoblar

Xotirasi




Manbalar




Adabiyotlar



Maqolalar, xatlar, maʼruzalar va nutqlar matnlari

Ensiklopediyalar

O. Skoroxodova haqida




Monografiyalar

Davriy nashrlar

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz