Olga Shukina
Olga Nikolayevna Shukina (oʻzbekcha: Olga Nikolaevna Shukina; 1977-yil 6-aprelda tug‘ilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — O‘zbekiston yengil atletikachisi, yadro va disk uloqtirish bo‘yicha ixtisoslashgan. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati sovrindori, Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi va sovrindori.
Sportdagi faoliyati
1998-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Olmaotadagi (Qozog‘iston) „Gusman Koʻsanov xotirasi“ xalqaro musobaqasida u yadro uloqtirish bo‘yicha 15,73 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi. 1999- yilda u shu natijani takrorladi. 2000-yilda Bishkek va Olmaota shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
2002-yili O‘zbekiston Kubogida yadro va disk uloqtirish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Aynan shu yili Olga Olmaotada xuddi shunday natijaga erishgan bo‘lsa, Bishkekda disk uloqtirishda 50,68 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritadi.
2003-yilda Dushanbedagi (Tojikiston) Markaziy Osiyo o‘yinlarida u yadro uloqtirish bo‘yicha 14,88 metr natija bilan kumush, disk uloqtirishda 46,26 metr natija bilan oltin medalni sohibasi bo‘ladi. Toshkent shahridagi o‘tkazilgan musobaqalarda yadro uloqtirish bo‘yicha birinchi, Olmaotada disk uloqtirishda birinchi o‘rinni tutadi.
2004-yilda Tehrondagi (Eron) yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yadro uloqtirish bahslarida u 14,75 metr natija ko‘rsatib, bronza medalini qo‘lga kiritadi. Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqada u 17,26 metr natija bilan birinchilikni olib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oladi. Afinadagi (Gretsiya) yozgi Olimpiya o‘yinlarida u yadro uloqtirishda oxirgi o‘rinni egalladi. Ammo musobaqadan so‘ng Olga Shukinaning doping-testi ijobiy chiqadi va natijasi bekor qilinadi. U tasodifan yo‘tal siropi bilan birga taqiqlangan preparatni qabul qilganini aytib, qayta doping-test topshirishdan bosh tortadi. 2004-yilda esa u sport faoliyatini yakunlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org