Olga Markova
Olga Dmitriyevna Markova (ruscha: Ольга Дмитриевна Маркова; 1974-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — yakka holda musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi, hozirda murabbiy, xoreograf va texnik mutaxassis boʻlib faoliyat yuritadi. Olga Yevropa chempionatining ikki karra medal sohibasi (1994-yilda bronza va 1995-yilda kumush) va 1994-yilda Rossiyada oʻtkazilgan milliy chempionatning gʻolibi boʻlgan.
Faoliyati
Markova oʻzining xoreografiyasi bilan hakamlar eʼtiborini tortgan. Uning figurali uchish boʻyicha jahon chempionatidagi eng yuqori koʻrsatkichi 1995-yilda beshinchi oʻrinni egallaganida sodir boʻlgan. Oʻsha yili u oltin va kumush medal sohiblari Lu Chen va Surya Bonalini ortda qoldirib, qisqa dastur namoyishidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Ammo, erkin dasturdagi kamchiliklari tufayli pastki oʻrinlarga tushib ketgan.
Markova jarohat olganidan soʻng ham 1995—1996-yilgi mavsum musobaqalarida qatnasha boshladi. Milliy terma jamoaga kiritilgan Markova, Rossiya chempionatida qatnashib 3-oʻrinni egalladi, ammo Yevropa chempionatida atigi 11-oʻrindan joy oldi. Olga 1996—1997-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida Irina Slutskayani magʻlub etib, 2-oʻrinni egallaganiga qaramay, xalqaro musobaqalarda yahshi natijalarga erisha olmadi. Olga 1997-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Rossiya chempionatida 9-oʻrindan joy olganidan soʻng, terma jamoaga kiritilmadi va professional sportchi faoliyatini boshladi.
Markova 1998-yilda professional faoliyatini boshladi va Ispaniyaning Yaka shahrida boʻlib oʻtgan professional figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Markova Kristina Oblasovaga murabbiylik qilgan va xoreografiya boʻyicha saboqlar bergan. Hozirda Adrian Alvaradoga murabbiylik qilmoqda.
Dasturlari
Natijalari
GP: (Gran-pri)
Manbalar
uz.wikipedia.org