Olga Aleksandrovna Suxareva
Olga Aleksandrovna Suxareva (1903—1983) — etnograf olima, tarix fanlari doktori.
Olga Suxareva 1903-yil 15-fevralda Samarqand shahrida tugʻilgan. U tomonidan Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixiy topografiyasi, toponimiyasi oʻrganildi. 1921-yilda Olga Suxareva Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Turkiston Sharqshunoslik institutiga oʻqishga kiradi va 1925-yilda bitiradi. 1940-yil 15-fevralida Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetining etnografiya boʻlimida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O. A. Suxareva 1946-yilgacha Samarqanddagi Oʻzbekiston Davlat universiteti Tarix fakultetida ishladi. U Oʻrta Osiyo xalqlari etnografiyasidan maʼruzalar qildi.
1946-yilda O. A. Suxareva Toshkentga keldi va OʻzSSR FA Tarix va arxeologiya institutida 1967-yilgacha ishladi.
1967-yilda O. A. Suxarevaga Moskvaga keladi va 1968-yilda unga SSSR FA Etnografiya institutida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri lavozimi beriladi.
O. A. Suxareva 1983-yilning 22-yanvarida Moskva shahrida vafot etdi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Olga Aleksandrovna Suxareva haqida aniq va to‘liq ma’lumot berish uchun mening hozirgi ma’lumotlarimda yetarlicha ma’lumot mavjud emas. Agar siz Olga Aleksandrovna Suxarevaga tegishli aniq bir soha, faoliyat yoki kontekstni belgilasangiz, masalan, u kim, qaerda ishlaydi, qaysi sohada tanilgan — bu haqda qo‘shimcha ma’lumot bera olishim mumkin.
Iltimos, sizga qanday yordam berishim kerakligini aniqlashtiring yoki qo‘shimcha ma’lumot bering.