Oleum




Oleum (lot. oleum — moy) — 100% li sulfat kislota H2SO4. 96—98% li H2SO4 ga sulfat angidrid SO3 yuttirish yoʻli bilan olinadi. O. tarkibida erkin holda boʻladigan SO3 miqdori O.ning qoʻllanish maqsadiga qarab 18,5—20% gacha yetadi. O.ni suvda eritib, har qanday konsentratsiyali juda toza sulfat kislota olish mumkin. Boʻyagichlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz