Olena Bilosiuk




Olena Bilosiuk , qizlik familiyasi: Olena Pidhrushna (ukraincha: Олена Михайлівна Підгрушна , Olena Myxajlivna Pidhrushna; 1987-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — ukrainalik biatlonchi. Olimpiada va jahon chempioni, turli yuqori saviyali musobaqalarning koʻp karra sovrindori hisoblanadi. Pidhrushna Ukrainadagi eng muvaffaqiyatli qishki sportchilardan biri hisoblanadi. U Ternopilda istiqomad qiladi.

Faoliyati



Uning birinchi xalqaro musobaqasi 2005-yilda Shveysariyaning Montey shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar qishki Olimpiya festivali boʻlib, u yerda Olena ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2005-yilda Finlandiyaning Kontiolahti shahrida biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan. Keyingi mavsumda u xalqaro musobaqani oʻtkazib yuborgan, ammo 2007-yil 2-martda Finlandiyaning Lahti shahrida sprintda 44-oʻrinni egallab, biatlon boʻyicha Jahon kubogida debyut qilgan. Oʻsha mavsumda Jahon chempionatining soʻnggi uchta bosqichida ham terma jamoa safiga kiritilgan, ammo u hech qanday ochko ololmagan. 2007—2008-yilgi mavsumda terma jamoaga kvota ololmagan. Oʻsha paytda sportchi biatlon boʻyicha Yevropa chempionati va oʻsmirlar musobaqalarida qatnashgan.

2008—2009-yilgi mavsumda muntazam ravishda estafeta jamoasida ishtirok etgan va 2009-yil 7-yanvarda Germaniyaning Oberhof estafeta jamoasida gʻolib boʻlgan.

Olena 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Ukrainani himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan. 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Pidhrushna Ukraina bayrogʻini koʻtarib yurish sahrafiga muyassar boʻlgan. Jismoniy holati yomon boʻlgani uchun u hech qanday musobaqada qatnasha olmagan.

Biatlon natijalari



Olimpiya oʻyinlari



1 ta medal (1 ta oltin)

Shaxsiy hayoti



Olena Polshaning Legnitsa shahrida tugʻilgan, lekin u bolaligini Ukrainaning Ternopil shahri yaqinidagi Velyka Berezovitsia shahrida oʻtkazgan. Otasi harbiy xizmatchi boʻlgani uchun uning oilasi koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.

Olena Ternopil Vladimir Xnatyuk nomidagi Milliy pedagogika universitetini jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan. Hozirda u Lvov davlat jismoniy tarbiya universitetining PhD talabasi boʻlgan.

Pidhrushna 2013-yil 26-mayda Oleksiy Kaydaga turmushga chiqqan. Kayda „Svoboda“ partiyasidan Oliy Rada (Ukraina parlamenti) deputati boʻlgan. Pidhrushnaning soʻzlariga koʻra, uning turmush oʻrtogʻi 2013-yil dekabrida Yevromaydon namoyishlari chogʻida „provokatorlar“ tomonidan hujumga uchragan. 2016-yil oktyabr oyida ular ajrashganliklarini eʼlon qilgan.

2013-yil 8-dekabr kuni Xochfilzenda ayollar estafetasida gʻalaba qozonganidan soʻng taqdirlash marosimida u va boshqa ukrainalik biatlonchilar „Maydan uchun“ deb baqirishgan. Pidhrushna 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida 2014-yil fevralida Yevromaydondagi tartibsizliklarda Kiyevda halok boʻlganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz