Oleksandr Zinchenko
Oleksandr Volodymyrovych Zinchenko (1996-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi. Angliya Premyer-Ligasining Arsenal klubi va Ukraina terma jamoasida himoyachi hamda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Zinchenko Zhytomyr viloyatining Radomishl shahrida tugʻilgan. Oʻzining tugʻilgan shahri — Radomishlning Karpatiya yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi (birinchi murabbiy Serhiy Boretskyi bilan). 2013-yilning 9-dekabrida UEFA Yoshlar ligasining 2013—2014-yilgi mavsumida Manchester Unitedga qarshi o‘yinda (1:1) gol urdi.
Manchester City
2016-yilning 4-iyulida Zinchenko Premyer-liganing Manchester City klubiga 1,7 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi.
Zinchenko 2016—2017-yilgi mavsum Eredivizionning PSV klubida ijara asosida oʻynadi. 1-oktabr kuni SC Heerenveenga qarshi oʻyinda (1:1) zaxiradan maydonga tushdi.
Zinchenko 2017—2018-yilgi mavsumda „Manchester City“da oʻynadi. 2017-yilning 13-dekabrida Swansea Cityga qarshi o‘yinda (4:0) zaxiradan maydonga tushib, Premyer-ligadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
„Manchester City“ safidagi ilk golini 2019-yilning 9-yanvarida EFL kubogi yarim finalida Burton Albionga qarshi o‘yinda kiritdi va jamoasi 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Arsenal
2022-yil 22-iyulda Zinchenko Premyer-liganing Arsenal klubi bilan 30 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. 5-avgust kuni klubdagi debyutini oʻtkazdi va APL doirasida Crystal Palacega qarshi safarda (2:0) klubdagi ilk golli uzatmani amalga oshirdi.
Xalqaro faoliyati
2015-yil 12-oktabrda Ispaniyaga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bahsida terma jamoada debyut qilgan. Zinchenko o‘zining ilk terma jamoadagi golini 2016-yil 29-may kuni Ruminiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritdi va bu uchrashuvda Ukraina 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shaxsiy hayoti
2020-yil avgust oyida Zinchenko jurnalist Vlada Sedanga uylandi. Ularning 2021-yil avgust oyida tug‘ilgan bir qizi bor.
Zinchenko asli rusiyzabon. Ukrainalik jurnalistlar savollarni ukrain tilida soʻrashganida rus tilida javob beradi.
Faoliyat statistikasi
Klub
12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra
Xalqaro
14-iyun, 2022-yil holatiga koʻra[28]
Yutuqlari
Manchester City Individual Manbalar
uz.wikipedia.org