Oleksandr Masalov




Oleksandr Oleksandrovych Masalov (talaffuzi: Oleksandr Oleksandrovich Masalov) (ukraincha: Олександр Олександрович Масалов) (ruscha: Александр Александрович Масалов) (1997-yil 22-yanvarda tugʻilgan) —ukrainalik professional futbolchi. Oleksandr Masalov hozirda „Ufa“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Oleksandr Masalov „Dinamo Kyiv“ futbol klubining yoshlar jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2016-yilda Oleksandr Masalov „Shakhtar Donetsk“ futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan edi.

Kolos Kovalivka



Oleksandr Masalov oʻzining kattalar safidagi faoliyatini „Kolos Kovalivka“ futbol klubi bilan boshlagan.

Dinamo-Auto Tiraspol



2019-yilda Oleksandr Masalov „Dinamo-Auto Tiraspol“ futbol klubi safiga oʻtdi va u yerda 34 ta oʻyin oʻtkazdi. Oleksandr Masalov klubdagi birinchi mavsumidayoq 2019—2020-yilgi Moldova kubogining chorak finaliga chiqdi. 2020-yilning 27-avgust kuni Oleksandr Masalov UEFA Yevropa ligasining 2020—2021-yilgi birinchi saralash bosqichida „Ventspils“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2020—2021-yilgi Moldova Kubogida Oleksandr Masalov jamoaga yarim finalga chiqishga yordam berdi.

Desna Chernihiv



2021-yilning avgustida Oleksandr Masalov bir yillik shartnoma asosida Ukraina Premer-ligasi vakili „Desna Chernigiv“ futbol klubiga oʻtdi. 14-avgust kuni Oleksandr Masalov Yuri Gagarin stadionida „Dnipro-1“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Vikentiy Voloshynning oʻrniga uchrashuvning 74-daqiqasida maydonga tushdi.

Ufa



2022-yilning avgustida Oleksandr Masalov Rossiya birinchi ligasi vakili „Ufa“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti



2022-yil avgustida Oleksandr Masalovning Rossiya tomoniga oʻtgani tasdiqlangach, „Ultras Desna“ tarafdorlari klubi aʼzolari Masalovning Rossiya pasporti deb taxmin qilingan narsani yoqib yuborgan videoni yozib olishdi. Futbolchini „vatanga xiyonat“da ayblagan videoda ultras uning Ukraina pasportini milliy xavfsizlik xizmatlariga topshirib, „razvedka xizmatlari sizga oʻxshagan ahmoqlik bilan shugʻullansin“ deb daʼvo qilgani aytilgan.

Faoliyat statistikasi



2022-yil 29-oktyabr holatiga ko'ra;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz