Oleksandr Hladkyi




Oleksandr Mykolayovych Hladkyi (talaffuzi: Aleksandr Xladkiy; 1987-yil 24-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik futbolchi, Odessaning Chornomorets jamoasida oʻynaydi. Ukraina terma jamoasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati



Kharkiv



Hladkyi oʻz faoliyatini Kharkivning „Metalist“ futbol akademiyasida boshlagan va koʻp oʻtmay, yosh futbolchi Kharkivning boshqa professional klubi — Kharkiv FKga taklif qilingan. Bosh murabbiy Volodimir Bessonov boshchiligida Hladkyi klubning asosiy oʻyinchisiga aylandi va oʻzini liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida koʻrsatdi. 2006—2007-yilgi mavsumda 13 ta gol urib, Ukraina ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Shakhtar Donetsk



Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, Hladkyi gigant klub — Shakhtar Donetskning eʼtiborini tortdi va 2007-yil 8-iyunda klub bilan 2,5 million yevroga besh yillik shartnoma imzoladi.

Hladkyi 2-mavsumida „Shakhtar“ bilan Premyer-ligada gʻolib chiqdi. Ketma-ket ikki yil davomida eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Kelasi mavsumda jamoaning taktikalari oʻzgardi va Hladkyi kam maydonga tusha boshladi. Mircea Krivbas Krivoy Rogga qarshi oʻyinda (4:2) Luiz Adrianoning jarohati tufayli Hladkyini asosiy tarkibga tanladi. Ushbu oʻyinda „Shakhtar“ning uchinchi golini kiritdi. UEFA Chempionlar Ligasidagi dastlabki ikkita golini Ispaniyada „Barcelona“ qarshi 3:2 hisobidagi tarixiy gʻalabada kiritdi.

Shakhtar Donetskda asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotganidan soʻng 2010-yil 17-avgustda Dnipro Dnepropetrovskga oʻtdi.

Shakhtar Donetskga qaytish



2014-yilning may oyida Hladkyi ikki yillik shartnoma asosida Shakhtarga qaytdi.

Dynamo Kyiv



„Shakhtar“ bilan shartnomasi tugagach, Hladkyi 2016-yilning 23-may kuni erkin agent sifatida Ukraina chempioni Dinamo Kiev bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Karpaty Lviv



2017-yil 2-mart kuni Hladkyining Lvovning Karpaty klubiga ijaraga berilgani rasman eʼlon qilindi. 2017-yil iyul oyida Karpati bilan toʻliq shartnoma imzoladi. 2017-yilning aprel oyida „Karpati“ safida Ukraina Premyer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xalqaro faoliyati



Oleksandr Hladkyi Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan va 12 oʻyinda 6 gol urgan. 2007-yilning 22-avgustida Ukraina terma jamoasida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda go kiritdi va bu goli terma jamoadagi yagona goli boʻlib qoldi.

Faoliyat statistikasi



Klub



16mart, 2019-yil holatiga koʻra

Xalqaro



16-mart, 2019-yil holatiga koʻra

Manba:[8]

Yutuqlari



Shakhtar Donetsk

Dinamo Kiev

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz