Oleksandr Aliyev
Oleksandr Oleksandrovich Aliyev (talaffuzi: Aleksandr Aliyev; 1985-yil 3-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional futbolchi. Toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbalari orqali kiritgan ajoyib gollari bilan tanilgan. Sobiq Dynamo Kyivdagi ustozi Yury Syomin uni „…Yevropaning eng yaxshi jarima zarbalari tepuvchisi“ deb taʼriflagan. 2002-yilda Aliyev 17 yoshu 6 oyligida professional darajada debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
Dynamo Kyiv
Aliyev oʻz faoliyatini „Borisfen-2“ da (FK Borysfen Boryspilning ikkinchi jamoasi) boshlagan. 2002-yilda Kyivning „Dynamo“ jamoasiga qoʻshildi. Klubning asosan Dynamo-2 Kyiv jamoasida Ukraina Birinchi ligasida oʻynagan. 2005-yilda Ukraina Premyer-ligasining Metalurh Zaporizhzhia jamoasiga ijaraga berildi. Zaporizhzhia bilan Ukraina kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.
Lokomotiv Moscow
Aliyev 2010-yilning 1-fevraliga qadar „Dynamo“ da oʻynadi. Oʻsha mavsumning qishki transferlar bozorida „Lokomotiv“ Aliyev bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi.
Anzhi Makhachkala
2014-yilning yanvarida Aliyev 2,5 yillik shartnoma asosida Kyivning Dynamosidan Anzhi klubiga oʻtdi. Aliyev 2013—2014-yilgi mavsum yakunida oʻzaro kelishuvga koʻra „Anzhi“ni tark etdi. Koʻp oʻtmay, „Anzhi“ bilan yana shartnoma imzoladi, 2015-yilning yanvarida yana bir bor oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasi bekor qilindi0
Rukh Vynnyky va havaskorlar
2015-yilda Aliyev Ukrainaga qaytib, 2015-yilgi Ukraina futbol havaskorlar ligasida sobiq jamoadoshi Maksim Shatskix bilan Rux Vynnyky klubida oʻynadi.
Taraz
2016-yil iyun oyida, oʻn sakkiz oy professional klubda oʻynamaganidan soʻng, Aliyev Qozogʻiston Premyer-ligasining Taraz klubi bilan shartnoma imzoladi. Aliyev 2016-yil 6-oktabrda shartnoma muddati tugamasdan Tarazni tark etdi.
Xalqaro faoliyati
Aliyev 2005-yilda Gollandiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Beshta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi. Aliyev 2006-yili 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasida ham oʻynab, jamoasi bilan finalga chiqqan. 8 ta gol bilan Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining hozirgacha eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.
Murabbiylik faoliyati
Aliyev Ukrainaning 2017—2018-yilgi futbol havaskorlar ligasining „Khmelnytskyi“ klubiga murabbiylik qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
15-iyul, 2015-yil holatiga koʻra[10][11]
Xalqaro
15-iyn, 2012-yil holatiga koʻra[10]
11-oktyabr, 2011-yil holatiga koʻra[10].
Yutuqlari
Dynamo Kyiv Ukraina U21 Individual Manbalar
uz.wikipedia.org